O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib beradi
Jamiyat
−
26 mart 2021 4460 1 daqiqa
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro elektr energiya yetkazib berishga kelishib oldi. bu haqda Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston 2021 yilning mart oyidan oktyabrigacha hamda 2022 yilning mart-aprel oylarida Qirg‘izistonga 750 million kilovatt soat elektr energiya yetkazib beradi.
Bunday choralar To‘qto‘gul suv omborida suv to‘plash va uni 2021-2023 yillarda sug‘orish mavsumida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi. Belgilangan yillarda Qirg‘iziston iyun-avgust oylarida shuncha miqdordagi elektr energiyasini qaytaradi.
Avvalroq, Qirg‘iziston Energetika vaziri Kubanichbek Turdabayev To‘qto‘gul suv omboridagi suv sathi xavfli darajaga yetganini aytgandi.
Live
Barchasi