O‘zbekiston chempioni imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Sport
−
10 aprel 2019 4272 1 daqiqa
Kecha, 9 aprel kuni tunda Osiyo Chempionlar ligasining 3-turi doirasidagi “Al Ittihod” – “Lokomotiv” uchrashuvi o‘tkazildi. O‘yinda Toshkentning “Lokomotiv” klubi so‘nggi daqiqalarda belgilangan penalti evaziga mag‘lubiyatga uchradi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin “temryo‘lchilar” 3 ochko bilan guruhda 3 o‘rinda borishmoqda.
“Al Ittihod” – “Lokomotiv” 3:2
Gollar: Nosir al-Shamroni (48, 1:0), Faxad al-Muvallad (49, 2:0), Iskanderov (70, 2:1), Rayevats (82, 2:2), Faxad al-Muvallad (90, pen. 3:2).
“Al Ittihod”: 12. Assaf al-Qorniy, 2. Abdulloh al-Amar, 4. Yasin Barnavi, 14. Ziyad al-Saxafi, 5. Metyu Jurman, 49. Abdulrahmon al-Gamdi (8. Faxad al-Muvallad, 33), 35. Seku Sanogo, 6. Holid al-Samiri, 25. Nosir al-Shamroni (Romarino, 90), 77. Abdulaziz al-Bishi (Karlos Vilyanueva, 77), 28. Essam al-Muvallad.
“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov - 33. Oleg Zoteyev, 88. Igor Yelich, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 28. Shuhrat Muhammadiyev (24. Davronbek Hoshimov, 52), 77. Diyorjon Turopov (8. Jamshid Iskanderov, 69), 23. Yovan Jokich, 71. Arslanmurad Amanov, 10. Sardor Mirzayev, 17. Husniddin G‘ofurov, 11. Timurxo‘ja Abduxoliqov (9. Rayevats, 74).
Live
Barchasi