O‘zbekiston Hindiston fuqarolariga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabridan Hindiston fuqarolari ayrim davlatlarning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lsa, O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirishi mumkin. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 29 avgustdagi “Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi PF–180-sonli farmonida belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, vizasiz rejimdan foydalanish uchun Hindiston fuqarolarida Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Janubiy Koreya, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasi bo‘lishi kerak.

Shuningdek, fuqaro o‘z mamlakatiga yoki uchinchi davlatga uchish uchun aviachipta taqdim etishi lozim.

Mazkur vizalardan birining amal qilish muddati davomida O‘zbekistonga kirgan Hindiston fuqarolariga 30 kungacha vizasiz qolish huquqi beriladi.

Farmon 2026 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib, 1 sentyabrdan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand 93 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston uchun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing