Ukraina terma jamoasi Ispaniyada talonchilikka uchradi

Sport

image

Ukraina terma jamoasi Jahon chempionati pley-off yarim finali oldidan talonchilikka uchradi. Bu haqda ukrainalik jurnalist Igor Burbasga tayanib, UNN nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, terma jamoa Valensiyaga safar oldidan yig‘in o‘tkazayotgan paytda mehmonxonada o‘g‘irlik sodir bo‘lgan. Futbolchilar va murabbiylar shtabi tashqarida bo‘lgan vaqtda noma’lum shaxslar futbolchilarning xonalariga kirib, ularni talon-toroj qilgan.

Igor Burbasning aytishicha, hodisa Ispaniyaning Benidorm shahridagi mehmonxonada yuz bergan. Oqibatda jamoa a’zolarining soatlari, 1800 yevro miqdoridagi naqd pul va boshqa qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlangan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 mart kuni Valensiya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina terma jamoasi Jahon chempionati pley-off yarim finalida Shvetsiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundialga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Endilikda ushbu bosqichdan o‘tgan Shvetsiya terma jamoasi joriy yilning 31 mart kuni Polsha terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Jahon chempionati talonchilik pley-off

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing