Uch universitetda masofaviy o‘qitish joriy etiladi
Jamiyat
−
08 iyun 2020 9505 1 daqiqa
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi. Bu haqda Telegram`dagi rasmiy axborotlar e’lon qilib boriluvchi kanalda xabar berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:
– masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;
– dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;
– tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.
Avvalroq, keyingi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom ettirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.
Live
Barchasi