Turkiyada qurolli hujum oqibatida 8 kişi halok böldi (video)
Olam
−
10:17 649 2 daqiqa
Turkiyaning Afyonkaraxisar viloyatida bir neçta hududda odamlarga qarata öq uzgan erkak 8 kişini öldirdi, yana bir kişini oğir yaraladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, voqea keça, 5 noyabr kuni sodir bölgan. Jandarmeriya xodimlari Ayazini qişloğida uç kişining, Kiyir qişloğida yana uç kişining otib öldirilganini aniqlagan. Yukaritandir qişloğida yaralangan holda topilgan ikki ayol esa şifoxonada vafot etgan. Yana bir kişi oğir jarohat olgan.
.png)
Dastlabki suriştiruvlarga köra, gumonlanuvçi yölda ketayotgan avtomobillarni töxtatib, ularning içidagi odamlarga qarata öq uzgan. Halok bölganlarning bir-biri bilan heç qanday aloqasi bölmagani aniqlangan.
.png)
Hujumdan keyin Eskişehir viloyatiga qoçgan gumonlanuvçi Seyitgazi tumanidagi Kirka mahallasida bir kişining avtomobilini qurol bilan tortib olgan. Avtomobil egasi va uning dösti 112 tezkor yordam markaziga xabar bergan. Ularning aytişiça, erkak özini Turkiya Milliy razvedka taşkiloti xodimi deb taniştirgan, maşinani tintuv qilgan va keyin nasosli miltiqni ularga öqtalgan. Yigitlar qurolli tahdid sabab avtomobil kalitlarini berişga majbur bölgan.
.png)
Jandarmeriya xodimlari gumonlanuvçi boşqargan SUV rusumli avtomobilni Toşliq mahallasida loyga botib qolgan holatda topgan. Maşina içidan nasosli miltiq va köplab patronlar aniqlangan. Gumonlanuvçi esa köp ötmay qölga olingan.
U Odunpazari tumani Jandarmeriya qömondonligida dastlabki tergov işlari va tibbiy körikdan ötkazilgaç, Afyonkaraxisar viloyati Jandarmeriya qömondonligi xodimlariga topşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahridagi Ayyubsulton masjidida ibodat davom etayotgan paytda ikki kişi örtasida janjal çiqib, janjal qurolli töqnaşuvga aylangan edi.
Live
Barchasi