To‘qayev Bishkekka borib, Japarovga orden berdi
Olam
−
22 avgust 2025 3138 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 22 avgust kuni Bishkekdagi “Intimak Ordo” binosida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti – “Oltin Qiron”ni topshirdi.
Prezident Qosim-Jomart To‘qayev kecha, 21 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. “Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.
Bugun, 22 avgust kuni Prezidentlar ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi hamda Qozog‘iston va Qirg‘iziston Oliy davlatlararo kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni Qozog‘iston Respublikasi oldidagi beqiyos davlat xizmatlari uchun beriladi va mamlakatning eng oliy darajadagi ajralib turishi belgisidir. U ilgari boshqa ordenlar bilan taqdirlangan fuqarolarga, shuningdek, Qozog‘iston bilan munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun xorijiy davlatlar rahbarlariga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu orden bilan mukofotlangan.
Live
Barchasi