Tramp Turkiyada. Uni Erdo‘g‘an kutib oldi (video)
Olam
−
07 iyul 3461 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 7 iyul kuni Turkiya poytaxti Anqarada o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga yetib bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Trampni samolyot trapi oldida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning shaxsan o‘zi kutib olgan. Shundan so‘ng AQSH Prezidenti uni kutib olgan turk harbiylari bilan ham salomlashgan.

Oq uy matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, kutib olish marosimida AQSHning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak, AQSHning NATOdagi doimiy vakili Mett Uitaker hamda AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn ham ishtirok etgan.
Ma’lum qilinishicha, Tramp o‘zini kutib olish uchun saf tortgan faxriy qorovulga qarata turk tilida “Merhaba asker!” (“Salom, askar!”) deb aytgan.

Trampning Anqaraga tashrifi Vashington bilan NATO o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, Trampning alyansga a’zo davlatlarni mudofaa xarajatlarini yetarli darajada oshirmayotgani uchun tanqid qilishi fonida amalga oshmoqda.

Avval xabar berilganidek, Tramp Turkiyaga yetib kelishidan oldin NATO bir necha milliard AQSH dollarilik yangi harbiy loyihalarni e’lon qilgandi. Alyans Bosh kotibi Mark Ryutte bu mablag‘larni “o‘rinli sarflangan pul” deb baholagan.
Ma’lumot o‘rnida, Tramp sammit doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Bu ularning Fransiyada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” (G7) sammitidan keyingi uch hafta ichidagi ikkinchi uchrashuvi bo‘ladi. O‘sha uchrashuvdan keyin Tramp Rossiya urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishishi kerakligini aytgan edi.
Shuningdek, Tramp Suriya Prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan ham uchrashadi va ertaga, 8 iyul kuni Vashingtonga qaytishidan oldin matbuot anjumani o‘tkazadi.
Live
BarchasiRyutte NATOni futbolga o‘xshatdi
07 iyul