Tojikistonda farzandlarini tilanchilikka undagan ayolning bolalari olib qo‘yildi

Olam

image

Tojikistonning Sino tumanida tilanchilik qilib kelgan va sarson-sargardonlikda yashayotgan  ikki voyaga yetmagan bola onasidan olib qo‘yildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Tekshiruv davomida bolalarning onasi S.M. oilada nosog‘lom turmush tarzini olib borgani, bolalarni muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka duchor qilgani, shuningdek, ularni sadaqa so‘rashga majburlagani aniqlangan. Shu bilan birga, ularning yuzi va tanasida kaltaklanish izlari topilgan.

Shu munosabat bilan Sino tumani sudi ayolga nisbatan Tojikiston Oila kodeksining 73-moddasini qo‘llab, uni onalik huquqidan mahrum qildi. Bolalar Dushanbe shahridagi davlat ta’lim muassasasiga xavfsiz ta’lim va tarbiya uchun topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oxirgi 3 yilda 2 mingdan ortiq fuqaro sudlar tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingani, shundan 86 foizi ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgani uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing