Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Toshkentda ruhiy nosog‘lom ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlamoqchiligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 10 fevral kuni poytaxtning Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Taxminan soat 14:00 da tumanning Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida 1990 yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch. ismli ayol o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib, muloqotga kirishgan. Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.

Toshkentda yosh bolaning quduqqa tushib ketishiga sababchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi  north_east

Toshkentda yosh bolaning quduqqa tushib ketishiga sababchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi 

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning may oyida Samarqand shahrida haydovchi bola o‘g‘risi ekanini aytib, voyaga yetmagan egizak qizlarni qo‘rqitgandi. Garchi ayblanuvchi o‘z aybini tan olmasada, tergovga qadar tekshiruv olib borilganda ushbu shaxs voyaga yetmagan qizlarning yo‘lini to‘sib, qo‘rqitgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'quvchisi ruhiy nosog'lom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing