Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Samarqandda haydovchi bola o‘g‘risi ekanini aytib, egizak qizlarni qo‘rqitdi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida Jiguli haydovchisi bola o‘g‘risi ekanini aytib, voyaga yetmagan egizak qizlarni qo‘rqitdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning 3 may kuni Samarqand shahri Marokand ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Voqea kuzatuv kamerasiga tushib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Videoda ko‘rish mumkinki, mashina kelib to‘xtagan va haydovchi voyaga yetmagan qizlarga gapirgan. Qizlar uni ko‘rib qochib ketgan. 

Ko‘p o‘tmay huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan haydovchi qo‘lga olingan va u sudga keltirilgan. Biroq sudda aybdor voqea butunlay boshqacha bo‘lganini bildirgan.

“Biz bilan ishlagan ayolni kelayotganini ko‘rib to‘xtadim. Qarasam besh-o‘n metr uzoqroqdan ikkita bolacha bor edi. Tushib qaytib keldim, eshikni ochsam ular menga qarab o‘tiribdi. Baland ovozda siz Fotima Zuhramisiz, deb so‘radim. Birdan ikkovi shokka tushdi. Ikkovi ham qiy-chuv etib qochdi. Men ularning ortidan quvganim ham yo‘q. To‘xta jiyanim, qo‘rqma deyapman ikkovi ham qochib ketaverdi”,  deydi haydovchi.

Garchi ayblanuvchi o‘z aybini tan olmasada, tergovga qadar tekshiruv olib borilganda ushbu shaxs voyaga yetmagan qizlarning yo‘lini to‘sib, qo‘rqitgani aniqlangan. 

“To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand sudiga yuborildi. Sudda aybdor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va 10 sutkaga qamaldi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand haydovchi bola o'g'risi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing