Toshkentda ofisdan 880 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ofislarning biridan 880 million so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumani Markaz-5 dahasida yashovchi fuqaro ofisdan noma’lum shaxs tomonidan 880 million so‘m o‘g‘irlab ketilgani yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilganda ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchining xonadoni tintuv qilinganda, o‘g‘irlangan pullar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

“Ushbu pullarni olib, uyimda turgan Foton yuk mashinasiga qo‘ydim. O‘sha yerning o‘zida meni ushlashdi. Qilgan ishimdan pushaymonman”, degan gumonlanuvchi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda onlayn qimorga pul tikish maqsadida Spark rusumli avtomobilni o‘g‘irlagan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing