Toshkent viloyatida ham bog‘chalar vaqtinchalik yopildi
Jamiyat
−
14:20 590 1 daqiqa
Toshkent viloyatida barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari vaqtincha yopildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hokimi rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda barcha tuman va shahar hokimliklariga topshiriq berilgan. Unga ko‘ra, bugun, 16 iyuldan boshlab viloyatdagi barcha davlat, xususiy va idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Bog‘chalar faoliyati ob-havo me’yoriy holatga kelgach, viloyat hokimligining qo‘shimcha qaroriga asosan qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 18–20 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etishi haqida xabar berilgan edi. Buning ortidan O‘zbekistonning qator hududlaridagi, jumladan, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Farg‘onadagi bog‘chalar yopildi.
Live
Barchasi