Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi
Jamiyat
−
23 iyun 2020 7356 1 daqiqa
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat komissiyasining 1-sonli bayonida belgilandi.
Bunda har bir abituriyent uchun binolarda 3 m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi.
Avvalroq, joriy yilda kirish imtihonlari 2 emas, 3 smenada o‘tkazish rejalashtirilayotgani aytilgandi.
Live
Barchasi