Litsey öquvçilari OTMga kirişga qay darajada tayyor?
Jamiyat
−
12:16 296 2 daqiqa
Özbekistonda akademik litsey öquvçilarining 25,4 foizi oliy ta’lim taşkilotlariga kiriş uçun qöşimça tayyorgarlik kerakligini bildirgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligining akademik litseylarda ötkazilgan umummilliy sörovnoma natijalari böyiça tahlilida söz boradi.
Tadqiqot 2026 yil 21 martdan 9 aprelga qadar mamlakatning barça 14 ta hududidagi 73 ta akademik litseyda ötkazilgan. Sörovnomada jami 27 ming 77 nafar respondent, jumladan, 24 ming 557 nafar öquvçi va 2 ming 520 nafar pedagog iştirok etgan.
Natijalarga köra, öquvçilarning 70,1 foizi oliy ta’lim taşkilotlariga kiriş imkoniyatiga töliq işonişini bildirgan. Yana 25,4 foizi esa bu imkoniyatga işonişini, biroq qöşimça tayyorgarlik zarurligini qayd etgan. Şu tariqa, öquvçilarning 95,5 foizi oliy ta’limga kiriş imkoniyatini ijobiy baholagan.
Tahlil mualliflari öquvçilarning çorak qismidan köproği qöşimça tayyorgarlikka ehtiyoj sezayotganini qabul jarayoniga tayyorgarlikni yanada kuçaytiriş zarurati bilan izohlagan.
Pedagoglarning 98,6 foizi öquvçilarning oliy ta’limga tayyorgarligini ijobiy baholagan. Şuningdek, öqituvçilarning 88,6 foizi akademik litseylarda ilğor ta’lim usullaridan foydalaniş böyiça ijobiy fikr bildirgan.
Biroq xalqaro ta’lim dasturlari bilan integratsiya masalasida ijobiy baholar 60,9 foizni taşkil etgan. Tahlilda uşbu yönalişda hali rivojlaniş imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlangan.
Öquvçilarning 86 foizi darslar sifati va öqituvçilar mahoratidan, 92,8 foizi esa çuqurlaştirilgan fanlarni özlaştiriş darajasidan qoniqişini bildirgan.
Şu bilan birga, sörovnomaning oçiq javoblar qismida öquv jarayoni va ta’lim dasturlarini takomillaştiriş böyiça 2 763 ta taklif kelib tuşgan. Ularda imtihon va baholaş tizimini yaxşilaş masalalari ham kötarilgan.
Tadqiqotda akademik litseylarning ixtisoslaşuv yönalişlari böyiça ham farqlar aniqlangan. Pedagoglar baholari asosida hisoblangan umumiy körsatkiç tibbiyot yönalişidagi litseylarda 83,6 ball, amaliy-texnik yönalişda 80,4 ball, pedagogika yönalişida 77,8 ball, ijtimoiy-gumanitar yönalişda esa 74,1 ballni taşkil etgan.
Eng yuqori va eng past natijalar örtasidagi farq 9,5 ballga teng bölgan. Tahlil xulosasida pedagogika va ijtimoiy-gumanitar yönalişlarda xalqaro ta’lim elementlarini kengaytiriş, çuqurlaştirilgan ta’lim mazmunini boyitiş hamda öquv dasturlarini zamonaviy kompetensiyalar asosida takomillaştiriş zarurligi qayd etilgan.
Live
Barchasi