Tehron vaqt cho‘zayotgani uchun badal to‘lashi kerak – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni cho‘zib yuborganini aytib, Tehron “badal to‘lashiga to‘g‘ri kelishi”ni bildirdi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni AQSH rahbari Truth Social’dagi sahifasida yozdi.

“Eron faqat gapiradi, ammo amaliy harakat qilmaydi. Ular o‘zlari uchun juda yaxshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuv bo‘yicha muzokaralarni haddan tashqari cho‘zib yubordi, endi esa buning badalini to‘lashlariga to‘g‘ri keladi”, deydi Tramp.

U “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida esa Eron kelishuvni imzolashdan bosh tortsa, mamlakat elektr stansiyalari va ko‘priklariga qarshi yangi zarbalar berish haqida buyruq berishga yaqin turganini ma’lum qilgan.

Trampning aytishicha, Eronda kelishuvni imzolab vaziyatdan chiqish imkoniyati bo‘lgan, ammo muzokaralar sur’ati uni qoniqtirmayotgani uchun AQSH yangi zarbalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida AQSHning Apache harbiy vertolyoti urib tushirilgan edi. Bunga javob tariqasida Qo‘shma Shtatlar Eron havo mudofaasi tizimlari, qo‘mondonlik punktlari va kuzatuv radarlariga zarba berdi.

Urib tushirilgan vertolyot ekipajining ikki a’zosi qutqarib qolingan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi operatsiyalar to‘rt soat davom etganini va qariyb 20 ta Eron ob’ekti nishonga olinganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing