AQSH urib tushirilgan vertolyotga javoban Eronga zarba berdi

Olam

image

AQSH harbiylari bugun, 10 iyunga o‘tar kechasi Hormuz bo‘g‘ozi hududida Apache vertolyoti yo‘q qilinishiga javoban Eronga zarbalar berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar qildi.

“Reuters”ning vaziyatdan xabardor manbasiga ko‘ra, hujum taxminan to‘rt soat davom etgan va jami 20 ga yaqin ob’ekt nishonga olingan. “Fox News”ning qayd etishicha, Eronning radarlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari asosiy nishonga aylangan.

“Fars” ham mamlakat janubiga berilgan uchta to‘lqindagi zarbalar haqida xabar bergan. Shuningdek, Qeshm orolida ham portlashlar qayd etilgan. Bunga javoban Eron AQSHning Bahrayn, Quvayt va Iordaniyadagi harbiy ob’ektlariga qarata raketalar va pilotsiz uchish dronlarni uchirgan. 

“Reuters” manbasining aytishicha, ularning deyarli barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. AQSH rasmiysi CNN telekanaliga bergan bayonotida yangi zarbalar Eronga qaratilgan “ogohlantiruvchi o‘q” bo‘lishi nazarda tutilganini aytgan. Shu bilan birga, u bu harakatlar urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga xalaqit bermasligini alohida ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylarining Apache vertolyoti 8 iyun kuni Hormuz bo‘g‘ozi hududida patrullik qilayotgan vaqtda halokatga uchragan edi. Ikkala uchuvchi ham omon qolishga va xavfsiz joyga yetib olishga muvaffaq bo‘lgan.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing