Tailanddagi musulmonlar yashaydigan hududda qonli to‘qnashuv. 15 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image
Shu ishlarning ichida edim – Abdulaziz Mansur “saroy ulamolari” haqida gapirdi north_east

Shu ishlarning ichida edim – Abdulaziz Mansur “saroy ulamolari” haqida gapirdi

Tailand janubidagi Yala viloyatida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktida qurolli to‘qnashuv ro‘y berdi. Otishma oqibatida 15 kishi qurbon bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. 

“Ehtimol, bu isyonchilarning ishi. Bu so‘nggi yillardagi eng katta hujumlardan biri”, deydi mintaqaviy xavfsizlik xizmati xodimi. 

Mazkur qurolli hujumni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmagani aytilmoqda. 

Hujumchilar yo‘l bo‘ylab portlovchi moddalar va mixlarni ishlatishgan. 

Yala Tailandning musulmonlar yashaydigan to‘rt viloyatidan biridir. 1909 yilgacha Yala, Pattani va Narathivat viloyatlari mustaqil Malay Musulmon Sultonligining tarkibiga kirgan. 

Separatizm bilan bog‘liq xurujlarni kuzatib boruvchi Deep South Watch tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2004 yildan beri ushbu uch viloyatdagi tartibsizliklarda 7000 ga yaqin odam o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 noyabr kuni o‘zbek-tojik chegarasida ham qurolli hujum ro‘y berib, natijada ikki kishi halok bo‘ldi. To‘qnashuv ISHID a’zolari tomonidan amalga oshirilgani ma’lum qilindi.  


Maqola muallifi

Teglar

Tailand

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing