“Tabletka” bilan ushlangan shaxs IIO xodimiga 10 ming dollar taklif qildi (video)
3-sahifa
−
19:17 1051 1 daqiqa
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan psixotrop modda bilan ushlangan fuqaro holatni hujjatlashtirmaslik evaziga xodimlarga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tezkor ma’lumot asosida fuqaroning yonidagi buyumlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida uning yonidan taqiqlangan psixotrop modda aniqlangan. Shundan so‘ng, fuqaro o‘ziga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmasligi uchun ichki ishlar organlari xodimlariga 10 ming AQSH dollari berishni taklif qilgan. Xodimlar pora berish ham, olish ham jinoyat ekanini tushuntirib, uni ogohlantirganiga qaramay, fuqaro taklifini davom ettirgan.
Shundan so‘ng, tezkor xodim holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Komplayens xizmati Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 10 ming AQSH dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan 1980 yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, fuqarodan 700 AQSH dollari talab qilgan avtomaktab o‘qituvchisi ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi