Surxondaryoda bankir pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida mijozdan pora talab qilgan bank xodimi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimi Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaro nomiga kredit ajratilishi masalasi yuzasidan noqonuniy ravishda 2000 AQSH dollari va 1,3 mln so‘m olgan vaqtida DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Gap shundaki, bank mutaxassisi fuqaro tomonidan 17 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishi yuzasidan murojaat qilinganida kredit olish uchun garov mulki sifatida qo‘yilishi kerak bo‘lgan bino “Elektron baholash” tizimining xulosasiga ko‘ra yetarli qiymatga ega emasligini ta’kidlab, ushbu masalani hal qilish uchun firibgarlik yo‘li bilan pul talab qilgan.

Hozirda mazkur bank xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada “zamhokim” 8 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora bankir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing