Shomurodov “Roma”da yana ikki yil o‘ynashi mumkin
Sport
−
10 aprel
4362O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirishga yaqin. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujumchi klub bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga, ya’ni 2027 yilga qadar uzaytirishga kelishib olgan.
Qayd etish joiz, Shomurodov Rim klubi tarkibida qolish uchun maoshi kamayishiga ham rozi bo‘lgan. Yangilangan maosh miqdori hozircha oshkor qilinmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov “Roma” safiga 2021 yilning yozida “Jenoa”dan 18 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali 29 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining narxini 4 million yevroga baholagan. Shomurodov joriy mavsum “bo‘rilar” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
LiveBarchasi