Shomurodov qattiq g‘azlablandi – “Roma” sardori

Sport

image

Italiya chempionatining 28-turi doirasidagi “Empoli”ga qarshi bahsdan keyin “Roma” sardori Lorenso Pellegrini o‘zbekistonlik jamoadoshi Eldor Shomurodov haqida gapirib, hujumchi gol urolmaganidan g‘azablanganini bildirdi.

“Shomurodov gol urganida yaxshiroq bo‘lardi. Gol urolmagach u umidsizlikka tushib qoldi, shuning uchun Eldorga yana gol urishimiz mumkinligini aytib, uni tinchlantirdim. Gol urmagach u juda g‘azablandi. U kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘lganini aytdi, ammo ba’zida to‘p bilan ohistaroq o‘ynab, uni aniq manzilga yo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deydi Pellegrini.

Qayd etish joiz, Shomurodov “Roma”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Roma” ustozi Klaudio Raneri Shomurodov haqida fikr bildirib, u joriy mavsum Eldor bir nechta o‘yinlar taqdirini “Roma” foydasiga hal qilib berganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Lorenso Pellegrini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing