Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda qachondan “Sputnik V” ishlab chiqarilishini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kelasi haftadan Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinalarini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrifi davomida shu haqda aytib o‘tgan.

Vaksina aynan Olmaliqdagi zavodda ishlab chiqariladi. Hozircha 2 mln doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish masalasini muhokama qilgandi.

Ma’lumot uchun, bugun, 29 iyul kuni AQSHdan O‘zbekistonga 3 mln doza “Moderna” vaksinasi olib kelinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing