Sertifikat evaziga pora olgan Sanepidqo‘mita mansabdori ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryoda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i 42 nafar maktab xodimiga sanitariya sertifikati olib berishni va’da qilib, 2,1 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i E. E. ning noqonuniy faoliyati aniqlangan. U tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbari S. X. ga maktabgacha ta’lim tashkilotining 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikatlarini berishini va’da qilib, undan 2,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda tijorat bankining hududiy boshqarmasida ishlovchi bosh mutaxassis fuqaroning xorijga chiqishiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 5,5 million so‘m olayotgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing