Samarqandda qo‘shnilar o‘rtasidagi janjal “samosud”ga aylandi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida qo‘shnilar o‘rtasidagi janjal ortidan bir fuqaro bir necha kishi tomonidan kaltaklangan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 23 iyul kuni soat 20:10 larda Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan J.G. 1974 yilda tug‘ilgan qo‘shnisi U.A. bilan tortishib qolgan.

Shundan so‘ng, janjalga U.A. ning 1997 yilda tug‘ilgan o‘g‘li hamda yana ikki nafar tanishi aralashgan. Ular J.G. ning tanasining turli qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan zarba berib, unga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida bir guruh ayollar 16 yoshli qizni “samosud” qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing