Rossiyadan yarim yilda qancha migrant quvilgani aytildi

Olam

image
Endi Rossiyaga borgan migrantlar yangi telefon sotib olishga majbur bo‘ladimi? north_east

Endi Rossiyaga borgan migrantlar yangi telefon sotib olishga majbur bo‘ladimi?

2026 yilning birinchi yarim yilligida qonunchilikni buzgani uchun Rossiyadan 43 ming 700 nafar migrant chiqarib yuborildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 65,5 foizga ko‘p. Bu haqda bugun, 29 iyul kuni Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Max’dagi kanalida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, chiqarib yuborish ma’muriy ta’sir chorasi sifatida 2025 yilgacha sud qarori bilan qo‘llanilgan. 2025 yilning fevral oyida federal qonun bilan Ichki ishlar vazirligiga (IIV) suddan tashqari qarorlar qabul qilish huquqi berilgan.

Ma’lumot uchun, Davlat dumasi deputatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning mamlakatdan chiqarib yuborishni nazarda tutuvchi moddalari ro‘yxatini ikki baravardan ko‘proqqa kengaytiruvchi qonunni qabul qilgan. Endilikda migrantlar kodeksning 45 ta moddasini, jumladan, quyidagilarni buzganlik uchun mamlakatdan chiqarib yuboriladi:

  • politsiya xodimi, shuningdek, davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishi munosabati bilan harbiy xizmatchining qonuniy farmoyishi yoki talabiga bo‘ysunmaslik;
  • internetda inson qadr-qimmati va jamoat axloqini haqoratlovchi axborotlarni tarqatish;
  • jamoat tartibini buzish;
  • Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan oshkora harakatlar, Rossiya Federatsiyasi, uning fuqarolari yoki kompaniyalariga nisbatan siyosiy yoki iqtisodiy sanksiyalar joriy etish yoki ularning muddatini uzaytirishga chaqiriqlar; 
  • kamsitish, ya’ni insonning jinsi, irqi, terisining rangi, millati, tili, yoshi, dinga munosabati va boshqalarga qarab uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzish.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yildan beri Davlat dumasi tomonidan migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan 32 ta federal qonun qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiruvchi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing