Rossiya va O‘zbekistonning energetik hamjihatligi faqat foyda keltiradi – Mishustin
Olam
−
17 iyun 1554 2 daqiqa
Rossiya va O‘zbekistonning energetika sohasidagi hamjihatligi foyda keltiradi, aholi va biznesni energiya resurslari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu haqda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Hukumati raisi Mixail Mishustin bugun, 17 iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisidagi nutqida so‘z ochdi.
U Sankt-Peterburgda Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Rossiya loyihasi bo‘yicha integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energobloki qurilishiga start berganini eslatdi.
“Mahalliy kompaniyalar respublikaga energiya yetkazib bermoqda, mamlakatda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirmoqda, qo‘shma burg‘ilashni boshqarish markazi tashkil etildi. Bularning barchasi aholi va biznesni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi, turdosh tarmoqlarga kuchli turtki beradi. Bunday o‘zaro manfaatli tashabbuslar ko‘proq bo‘lishi mumkin va kerak”, deydi Mishustin.
Shuningdek, u “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha amalga oshirilayotganini, bu uning quvvatini oshirishini bildirdi.
"Yangi uglevodorod konlari o‘zlashtirilmoqda, rossiyalik muhandislar O‘zbekistondagi eng yirik gidroelektr stansiyalarini barpo etishda ko‘maklashmoqda", deydi Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya O‘zbekiston uchun mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi ekanini aytgandi.
Live
Barchasi