Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktorini qabul qildi
Jamiyat
−
12:04 545 1 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda ilk integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasini amalga oshirish hamda ilg‘or texnologiyalar va bilimlar asosida tegishli infratuzilmani rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘lgan.

Birinchi reaktor binosi poydevorini qurish hamda atom elektr stansiyasini loyihalashtirish ishlari izchil davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Sohada malakali kadrlarni tayyorlash, bunda, jumladan, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali hamda “Rosatom” kompaniyasi ob’ektlaridagi imkoniyatlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, bo‘lajak AES yaqinida energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy ta’lim, tibbiyot va sport muassasalari hamda aholi uchun qulay ijtimoiy infratuzilmaga ega atomchilar shaharchasini barpo etish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
Live
Barchasi