Ikkinchi va uchinchi AESni qurish rejalarimiz bor – Shavkat Mirziyoyev (video)
Jamiyat
−
17:01 639 1 daqiqa
O‘zbekistonda ikkinchi va uchinchi atom elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev muloqot davomida atom energetikasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini bildirgan.
Mamlakatda uran ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bu sohaga katta sarmoya kiritilib, yetarli tajriba va imkoniyatlar to‘plangan.
“Birinchi atom elektr stansiyasi qurilishini boshladik. Ikkinchi va uchinchisini qurish bo‘yicha ham rejalarimiz bor. Ertaga yangi hamkorlarimiz va investorlar bilan ikkinchi atom elektr stansiyasini qurish masalasini muhokama qilamiz”, deydi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etilishi va unga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr