“Real Madrid” Mendini Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritmadi
Sport
−
11:28 166 1 daqiqa
“Real Madrid”ning Chempionlar ligasi 2026-2027 yilgi mavsumi uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi. Jamoa ro‘yxatiga jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan Ferlan Mendi kiritilmadi.
Madridliklar tarkibida “Rasing Santander”dan bu yozda transfer qilingan Serxio Martines ham bor. 19 yoshli yarim himoyachi musobaqada 38-raqam ostida qayd etilgan. U “Real Madrid”ning “Kastilya” jamoasida ham harakat qilmoqda.
“Marca” xabariga ko‘ra, Martinesning asosiy jamoa safida Chempionlar ligasida debyut qilish imkoniyati bor. Ayni paytda madridliklarda yarim himoya chizig‘ida muammolar mavjud. Kamavinga, Arda Gyuler va Bernardu Silva diskvalifikatsiya sabab “Inter”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Orelen Chuameni ham jarohati tufayli mavsum boshidan buyon maydonga tushmagan.
“Real Madrid” Chempionlar ligasining asosiy bosqichidagi birinchi uchrashuvini joriy yilning 8 sentyabr kuni o‘z maydonida “Inter”ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, “Real” 2026-2027 yilgi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida “Inter”, “Arsenal”, PSV, “Roma”, “Leypsig”, “Shaxtyor”, LASK va AEK klublariga qarshi bahs olib boradi.
Live
Barchasi