“Real” APLdan Kurtuaga örinbosar topdi
Sport
−
15:29 376 2 daqiqa
“Real Madrid” jamoasi “Brayton” darvozaboni Bart Verbryuggenni jamoa darvozasini mustahkamlaş uçun asosiy nomzod sifatida körmoqda. Madrid klubi 24 yoşli niderlandiyalik futbolçini şartnomasi 2026-2027 yilgi mavsum oxirida yakunlanadigan Tibo Kurtua örniga ideal variant deb hisoblamoqda. Bu haqda “Football Insider” xabar berdi.
Manbalarga köra, Verbryuggenda “Real”ga ötiş imkoniyati paydo bölsa, u bunday taklifni rad etmasligi mumkin. Niderlandiyalik darvozabon joriy mavsumda Premer-liganing töqqizta uçraşuvida iştirok etib, olti marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. U uşbu körsatkiç böyiça çempionat yetakçilaridan biri hisoblanadi. Ötgan mavsumda ham Verbryuggen darvozasi daxlsiz saqlangan öyinlar soni böyiça ligada uçinçi örinni egallagan. Şuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi safida Jahon çempionatida iştirok etgan.
Verbryuggenning “Brayton” bilan amaldagi şartnomasi 2028 yil yozigaça amal qiladi. Şu sabab klub oldida futbolçini kelasi yozda sotiş yoki unga yangi şartnoma taklif qiliş imkoniyati bor.
“Brayton” avval ham top-klublar futbolçilariga qiziqiş bildirişiga duç kelgan. Şu bois klub bu masalada şoşilmasdan, puxta qaror qabul qilişi kutilmoqda. “Transfermarkt” portali Verbryuggenning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.
Live
Barchasi