Prezident Rustami Imomalini orden bilan mukofotladi
Jamiyat
−
21:18 722 2 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Majlisi oliy Majlisi milliy raisi Rustami Imomalini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida Majlisi milliy raisi davlat rahbariga Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Muloqot çoğida Özbekiston – Tojikiston döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari hamkorligi doirasida yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Barça yönalişlardagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Özaro savdo va yuk taşiş hajmlari ortib bormoqda. Sanoat, quriliş, energetika, qişloq xöjaligi, elektrotexnika va boşqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Qöşma Investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritmoqda.

Poytaxtlar va hududlar örtasida töğridan töğri aloqalarni rağbatlantiriş, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş muhimligi ta’kidlangan.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlar va qöşma taşabbuslarni ilgari surişda qonunçilik organlarining rolini oşiriş, bu borada parlamentlararo komissiyalar, döstlik guruhlari hamda sohaviy qömitalar faoliyatini faollaştirişga alohida e’tibor qaratilgan.

Uçraşuv yakunida Özbekiston yetakçisi Rustami Imomalini ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşdagi katta xizmatlari, parlamentlararo muloqotni kengaytiriş borasidagi samarali faoliyati uçun mamlakatning yuksak mukofoti – “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlagan.
Live
Barchasi