Portugaliya ertaga Falastin davlatini tan oladi

Olam

image

Portugaliya ertaga, 21 sentyabr kuni Falastin davlatini tan oladi. Bu haqda kecha, 19 sentyabr kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. 

“Rasmiy tan olish marosimi kelasi haftadagi BMTning Oliy darajadagi anjumanidan oldin bo‘lib o‘tadi”, deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel shu haftada Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida mamlakati Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi.

2024 yil may oyida Irlandiya va Norvegiya bilan birga Falastin davlatini tan olgan va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini ham shunday qilishga chaqirgan qo‘shni Ispaniyadan farqli ravishda, Portugaliya ehtiyotkorroq yo‘l tutdi va avval boshqa YeI davlatlari bilan umumiy pozitsiya ishlab chiqishni xohlashini bildirgan.

BMT Bosh Assambleyasi 2012 yil noyabrda Falastinning suveren davlat sifatida de-fakto tan olinishini ma’qullab, uning BMTdagi kuzatuvchi maqomini “to‘laqonli a’zo bo‘lmagan davlat” sifatiga ko‘targan.

Isroil G‘azodagi urushi ko‘plab halok bo‘lishlar, ocharchilik va vayronagarchilikka olib kelayotgani sababli butun dunyoda tobora kuchayib borayotgan norozilikka duch kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Falastinni tan olishni sentyabr oyida Bosh assambleya yig‘ilishida e’lon qilishini bildirgandi.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham iyulda BMT Bosh assambleyasida Falastinni tan olishga tayyorligini bildirgan edi.

Bundan tashqari, BelgiyaPortugaliyaKanada va Malta kabi G‘arb davlatlari ham Falastinni tan olish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Ularning aksariyati buni yaqinda bo‘ladigan BMT Bosh assambleyasida amalga oshirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing