Pokistonda terakt oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

Olam

image

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Xayber-Paxtunxva viloyatida noma’lum shaxs harbiy kolonnaga hujum qildi va oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “France Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujum oqibatida kamida 16 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, yana 10 nafari jarohat olgan. Bundan tashqari, 19 nafar tinch aholi vakili ham jarohatlangani ma’lum qilingan.

Viloyat politsiyasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida ikki uyning tomi qulab tushgan, shu sababli olti nafar bola jabr ko‘rgan.

Rasmiylar hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

“The Times of India” nashrining yozishicha, portlash uchun javobgarlikni Pokistondagi “Tolibon” harakatining dala qo‘mondoni Hofiz Gul Bahodurning guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Hilmand viloyatidagi Pokiston-Afg‘oniston chegarasida Pokiston qo‘shinlari va “Tolibon” muvaqqat hukumati kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Pokiston Xayber-Paxtunxva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing