Paragvay JCHdagi g‘alaba munosabati bilan dam olish kunini e’lon qildi

Sport

image

Paragvay Prezidenti Santyago Penya mamlakat milliy terma jamoasining Jahon chempionati 1/8 finaliga chiqqanini nishonlash maqsadida 2026 yil 30 iyun sanasini milliy dam olish kuni deb e’lon qildi. Bu haqda Prezident o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida futbolchilar va murabbiylar shtabiga tabrik yo‘llab ma’lum qildi.

Jahon chempionati 1/8 finalida Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida janubiy amerikaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindan so‘ng, Santyago Penya Paragvayning Germaniya ustidan qozongan tarixiy g‘alabasi hamda jamoaning chorak finalga yo‘l olgani munosabati bilan bugun, 30 iyun sanasini milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rasmiy farmonni imzoladi.

“Bugun butun mamlakat bayram qilmoqda. Biz hech qachon taslim bo‘lmaydigan xalqning jasorati, ishonchi va kuchini o‘zida mujassam etgan jamoaning g‘alabasini nishonlayapmiz.
Rahmat, Bizga unutilmas quvonch taqdim etganingiz va millionlab paragvayliklarni yana bir bor yagona bayroq ostida birlashtirganingiz uchun minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi Penya.

Ma’lumot uchun, Paragvay endi chorak final yo‘llanmasi uchun Fransiya – Shvetsiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs joriy yilning 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing