Prezident tungi iqtisodiyotni rivojlantirish kerakligini aytdi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi yana 26 ta ko‘chani tun-u kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga ko‘paytirish mumkin. Bu haqda bugun, 7 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Olmazor tumanidagi 17 ta ko‘chadan o‘tgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yo‘lni gastronomik ko‘chaga aylantirish loyihasi ma’qullandi. Ushbu ko‘chada 250 ta savdo va servis ob’ektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish o‘rni yaratiladi.

Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi haqida xabar berilgandi.  Unda hukumat qarori bilan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi ma’lum qilingan. Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida har juma va shanba kunlarida dam olish maskanlarni 24/7 rejimida uzluksiz ravishda ishlashini ta’minlash va tunda faoliyat olib boruvchi maskanlarning ish vaqti bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish, tungi iqtisodiyot rivojlantirilishi rejalashtirilgan shaharlarning har birida jamoat transportini (avtobus, tramvay, metro) 24 soatlik rejimga o‘tkazish va “Tungi Toshkent” elektron platformasini ishlab chiqish hamda ushbu platformada tunda faoliyat olib boradigan maskanlar, tungi jamoat transporti yo‘nalishlari hamda maxsus arzonlashtirilgan takliflar haqida ma’lumot olish imkonini yaratish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

gastronomik ko'cha tungi iqtisodiyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing