Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
13:41 387 1 daqiqa
“Barselona” va PSJning sobiq hujumchisi, hozirda Braziliyaning “Santos” klubida o‘ynayotgan Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi. Bu haqda futbolchi Caze TV’ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Hali kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman. Yil oxiriga borib butsalarni osib qo‘yishni istisno qilmayman. Men bugun bilan yashayapman. 2026 yil men, “Santos” va Braziliya terma jamoasi uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi”, deydi Neymar.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Neymarning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyida yakunlanadi. Hozirda uning transfer qiymati taxminan 10 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar o‘zining qimmatbaho “Batmobile” avtomobili va samolyotlarni o‘z ichiga olgan 65 million dollarga baholangan kolleksiyasini ommaga namoyish qilgan edi.
Live
Barchasi