Namanganda VIII asrga oid tangalar va noyob qo‘lyozma topildi

Bu qiziq

image

Namangan viloyatida VIII asrga oid noyob qo‘lyozma hamda aynan shu asrga tegishli Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi topilmalar fondi 68 ta yangi tanga hamda 27 ta kitob bilan boyidi. Qayd etilishicha, Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Qo‘lyozma kitobda handasa, riyoziyot, ilmi nujum, tibbiyotga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlari davrida hamda 1667-1670 yillarda Shvetsiya, 1836 yilda Buyuk Britaniyada chiqarilgan tangalar mavjud.

Ta’kidlanishicha, ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi – aversiga podshoning surati, orqa tomoni – reversiga  qismida esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri tushirilgan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi aks ettirilgan.

Ayni paytda ham qazishma ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro arxeologlar jamoasi O‘zbekiston janubidagi Toda g‘oridan toshdan yasalgan o‘roqlar, yovvoyi arpa va boshqa donli ekinlar urug‘lari, shuningdek, taxminan 9,2 ming yil oldin mahalliy ovchi-terimchilar yig‘gan turli o‘simlik qoldiqlarini topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan tangalar Abbosiylar Axsiken noyob qo'lyozma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing