Moskvadan Toshkentga kelayotgan samolyotning dvigateli shikastlandi

Jamiyat

image

2025 yilning 5 mart kuni “Vnukovo” aeroportida Uzbekistan Airways AJ samolyotidan havo ko‘prigini tortib olish vaqtida chap dvigatel shikastlandi. Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, samolyot Moskvadan Toshkentga uchishni rejalashtirayotgan bo‘lgan. Reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinishiga majbur bo‘ldi. Aviakompaniya tomonidan yo‘lovchilar 5 va 6 mart kunlari amalga oshirilgan muqobil reyslar orqali manzillarga yetkazilgan.

Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda samolyot “Vnukovo” aeroportida bo‘lib, uning texnik holati tekshirilmoqda.

Moskva transport prokuraturasi tergov ishlarini olib bormoqda. Voqeaning barcha holatlari aniqlangach, prokuratura aeroport xodimlarining harakatlariga baho beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air Samarkand’ning UZS4003 Toshkent – Jidda reysi bortida yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Moskva Uzbekistan Airways

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing