Morata Turkiyaga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Milan” klubi hujumchisi Alvaro Morata Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Milan” va “Galatasaroy” transferning barcha shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Dastlabki kelishuvga ko‘ra, shartnoma ijara asosida 1 yil va sotib olish bandini o‘z ichiga olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Morata “Milan” safiga 2024 yilda kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining narxi “Tranfermarkt” portalida 13 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Milan Ispaniya Al'varo Morata Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing