Modrich “Milan” bilan 1 yillik shartnoma imzoladi – Romano
Sport
−
10 iyul 4033 1 daqiqa
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiyaning “Milan” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
39 yoshli Luka Modrich Madridning “Real” klubini shartnoma muddati tugagach tark etmoqda. Kecha, 9 iyul kuni “Real” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubidan mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi. Ushbu bahs Modrich uchun “qaymoqranglilar” safidagi so‘nggisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Modrich 2012 yildan beri “Real” safida to‘p surib kelayotgan edi. U klub bilan birgalikda to‘rt marta Ispaniya chempionatini (2016/2017, 2019/2020, 2021/2022, 2023/2024), olti marta Chempionlar ligasini (2013/2014, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2021/2022, 2023/2024), ikki marta Ispaniya kubogini (2013/2014, 2022/2023) va besh marta mamlakat Superkubogini (2012, 2017, 2019/2020, 2021/2022, 2023/2024) qo‘lga kiritgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr