Italiya ham yonyapti: Milanga 500 nafar harbiy kiritiladi (video)

Olam

−

image

Bir necha kundan beri kuzatilayotgan tartibsizliklar fonida Itiliya hukumati Milanga 500 nafar harbiy xizmatchini yuboradi. Bu haqda Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari va Transport vaziri Matteo Salviniga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

“Italiya hukumati namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashgan, do‘konlarni talagan va mulkka zarar yetkazgan ikki kunlik tartibsizliklardan so‘ng “Milanni himoya qilish” uchun 500 nafar harbiy xizmatchini safarbar etadi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shinlarni joylashtirish bugun, 20 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida tasdiqlanadigan xavfsizlik choralari paketiga kiritilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy 17-18 oktyabr kunlari Italiyaning bir nechta shaharlarida norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Talonchilik va vayrongarchiliklar bilan kechgan eng yirik tartibsizliklarga Milan duch kelgan. Oqibatda 300 dan ortiq kishi politsiyaga olib ketilgan, ulardan 50 ga yaqini hibsga olingan. Shahar markazidagi to‘qnashuvlar oqibatida 110 dan ortiq huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Tartibsizliklardan so‘ng Milan markazidagi do‘kon va muassasalarga yetkazilgan zarar 700 ming yevrodan oshdi. Butun mamlakat bo‘ylab esa, “Unimpresa” biznes-uyushmasi baholashiga ko‘ra, umumiy zarar miqdori 1,6 million yevroga yetmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing