Jiddiy yo‘qotish: “Real” yetakchisi to‘pig‘idan og‘ir jarohat oldi

Sport

image

Kecha, 21 sentyabr kuni Madridning “Real” klubi sardori Fede Valverde “Atletiko”ga qarshi kechgan shiddatli derbida to‘pig‘idan og‘ir jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Atletiko” yarim himoyachisi Li Kan Inning tajovuzkor podkat bilan Valverdening tayanch oyog‘iga bergan zarbasi jarohatga sabab bo‘ldi. Folning xavfliligi va “qaymoqranglilar” o‘yinchisi uchun jarohat oqibatlariga qaramay, uchrashuv hakami ushbu vaziyatni hech qanday intizomiy jazosiz qoldirishga qaror qildi, bu esa madridliklar bazasida norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi.

“Real Madrid” tibbiyot xizmati tomonidan bugun o‘yinchimiz Fede Valverdeda o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, unga bugun tushdan keyingi uchrashuvda olingan chap to‘piqning og‘ir jarohati tashxisi qo‘yildi. Valverde yaqin soatlarda qayta tekshiruvlardan o‘tkaziladi”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘yinda Madridning “Atletiko” jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hakamning o‘yindagi harakatlari turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing