Mirziyoyev Namanganda iftorlik qiladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Davlat rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika ob’ektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.

Bundan tashqari, viloyatga safar davomida iftorlik dasturxoni yozilishi ham rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Namangan O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing