“Milan” Zlatan bilan yangi shartnoma tuzadi

Sport

image

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

40 yoshli shvetsiyalik futbolchining “rossonerilar” bilan tuzgan yangi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ibragimovichning hozirgi shartnomasi esa kelasi 2022 yilning iyulida tugaydi.

Qayd etilishicha, Zlatan bilan muzokaralar boshlanishidan avval “Milan” rahbarlari bir qator yosh futbolchilar: Teo Ernandes, Rafael Leao va Ismoil Bennaser bilan ham shartnomani yangilmoqchi.

Ma’lumot uchun, shvetsiyalik futbolchi 2020 yilning yanvarida Italiya klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Milan Zlatan Ibragimovich A Seriya

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing