“Milan” futbolchisi nufuzli marosimga yubkada keldi

Sport

image

“Milan” hujumchisi Rafael Leau joriy yilning 4 dekabr kunida Italiyada o‘tkazilgan taqdirlash marosimiga yubka kiyib kelgani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

O‘sha kuni Italiyada 2022/2023 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha "Gran Gala del Calcio” mukofoti o‘z egalariga topshirildi. 

“Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen mamlakatda chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan bo‘lsa, marosimga noodatiy libos kiyib kelgan “Milan” hujumchisi Leau yilning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

Leau Milanga 2019 yilning yozida Fransiyaning "Lill" klubidan ko‘chib o‘tgandi.

Joriy mavsumda Portugaliya terma jamoasi futbolchisi milliy chempionatda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda Leau jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. U 35 ta ichki chempionat o‘yinda 15 ta gol urgan. Italiya chempionatining 14-turi yakunlariga ko‘ra, milanliklar 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Rafael' Leau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made