Mesut O‘zil Turkiyada siyosiy faoliyatini boshladi

Sport

image

Kelib chiqishi turk bo‘lgan sobiq futbolchi Mesut O‘zil Turkiyada iqtidordagi partiyaning boshqaruv kengashidan o‘rin oldi. Bu haqda “Medyaskopye TV” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 23 fevral kuni Anqarada “Adolat va Taraqqiyot” partiyasining 8-qurultoyi bo‘lib o‘tgan va unda 1607 ta delegat ovoz bergan. “Real” va “Arsenal” klublari hamda Germaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Turkiya ijro kengashida 43-raqam ostida nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Qayd etilishicha, O‘zil yetarlicha ovoz olib, partiyaning markaziy ijro kengashining yangi a’zolaridan biriga aylanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zil futbolchilik faoliyatini Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubida yakunlagan. “Adolat va Taraqqiyot” partiyasining rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hisoblanadi. Sobiq futbolchi va davlat rahbari o‘rtasida iliq munosabat mavjud. Erdo‘g‘an bir vaqtlar sobiq futbolchiga qimmatbaho soat sovg‘a qilgani ham ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zil Turkiya parlamenti deputati bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mesut O'zil Turkiyada iqtidordagi partiya boshqaruv kengashi Adolat va Taraqqiyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing