Mayamida “Barselona” “banda”si yig‘ilmoqda. Endi Maskerano Messining ustoziga aylandi
Sport
−
27 noyabr 2024 5375 1 daqiqa
Argentinalik mutaxassis Xaver Maskerano Amerikaning “Inter Mayami” klubi ustoziga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
40 yoshli murabbiyning MLSning amaldagi mavsum chempioni bilan tuzgan shartnomasi 3 yilga tuzilgan. Bungacha Maskerano Argentina yoshlar terma jamoasini boshqargan.
Qayd etish joiz, u futbolchilik faoliyatining katta qismini "Barselona"da o‘tkazgan va Kataloniyada Lionel Messi, Xaver Buskets, Luis Suares va Xordi Alba bilan birga o‘ynagan. Hozir yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar “Inter Mayami” a’zolari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘lgandi.
Live
Barchasi