“Barselona”ning yana bir afsonasi faoliyatini yakunlayapti

Sport

image

“Inter Mayami” klubi himoyachisi va “Barselona” afsonasi Jordi Alba MLS mavsumi yakunida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

36 yoshli futbolchi joriy MLS mavsumi yakunida futboldan ketishini aytib o‘tdi. Alba “La Masia” tizimida tarbiya topgan va 2012 yilda “Valensiya”dan “Barselona”ga qaytgan edi. Kataloniya klubida o‘tgan 11 yil davomida u Lionel Messi bilan birga jahon futbolining eng samarali duetlaridan birini shakllantirdi. Ularning tandemi orqali “Barselona” ko‘plab g‘alabalarga erishdi.

Albaning klublar miqyosidagi yutuqlari orasida oltita La Liga chempionligi, beshta Ispaniya Qirollik kubogi, to‘rtta Ispaniya Superkubogi, bir marta Chempionlar ligasi, bir marta UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘alabasi bor.

Ispaniya terma jamoasi safida u Yevropa chempionati va Millatlar ligasi g‘olibiga aylangan.

2023 yilda Alba “Barselona”ni tark etgan Messi va Buskets bilan birgalikda “Inter Mayami” jamoasi safiga qo‘shilib, birinchi yilidayoq Ligalar kubogini qo‘lga kiritgan edi. Endi esa u yaqin do‘sti Buskets bilan birga ajoyib va shonli karerasiga yakun yasaydi. Ko‘plab futbol mutaxassislarning fikricha, Jordi Albaning faoliyati futbol tarixida sadoqat, barqarorlik va yuqori darajadagi mahorat namunasi sifatida esda qoladi.

Ma’lumot uchun, u faoliyati davomida 793 ta o‘yinda maydonga tushgan va 60 ta gol va 175 ta assistni o‘z nomiga rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jordi Albaning jamoadoshi, sobiq “Barselona” futbolchisi Serxio Buskets ham MLS mavsumi yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ispaniya Inter Mayami Jordi Al'ba MLS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing