Messi “Barselona”, “Man Siti” va boshqa grand klublar ishtirok etuvchi turnir tashkil etadi

Sport

image

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etadi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Messining yozishicha, musobaqa Messi Cup deya nomlanadi. Ushbu turnirda Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti”, Italiyaning “Inter”, Ispaniyaning “Barselona” va “Atletiko”, Argentinaning “River Pleyt” hamda “Nyuelz Old Boyz” va AQSHning “Inter Mayami” klublarining yoshlar toifasidagi jamoalari ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Messi Cup joriy yilning 9 - 14 dekabr sanalari oralig‘ida AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messining MLSda yangi rekord o‘rnatganligi haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Lionel' Messi Inter Mayami Man Siti Messi Cup

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing